TCP va UDP
Assalamu Alaykum ,bugun biz TCP (Transmission Control Protocol) va UDP (User Datagram Protocol) haqida gaplashamiz ,ularning qulayliklari va kamchiliklarini ko`rib o`tamiz.
Xo`sh TCP va UDP bizga nimaga kerak ular nima?
Ular bizaga tarmoq orqali malumot uzatib uni qayta qabul qilishga yordam beradi.Bizga ikkalasi ham kerak va nimaga kerakligini bilib olamiz.
TCP
TCP bizga bir serverdan ikkinchi serverga ip adress va portni bilgan holda malumot uzatish uchun chiqarilgan.
TCP ning afzalliklari :
- Acknowledgment
- Guaranteed delivery
- Connection based
- Congestion control
- Ordered packets.
TCP ning kamchiliklari :
- Larger packets.
- More bandwidth
- Slower than UDP
Biz internet orqali malumot uzatganda ular okean ostidagi kabellar orqali o`tadi va siz bu malumotni yo`qotib qo`yishingiz mumkin.Biz shunchaki bunga ishonolmaymiz va server dan men senga xabar uzatdim sen buni qabul qildingmi deb so`raymiz bu Acknowledgment deyiladi.TCP bizga bu imkoniyatni berish uchun har bir xabarga ajratib olish uchun malumot qo`shadi va shu orqali malumot yetiborgan yoki bormaganin aniqlaydi. Agar malumot yetib bormagan bo`lsa qayta uzatadi va bu malumot yetib borishiga kafolat beradi(Guaranteed delivery).TCP orqali malumot uzatish uchun server va client ortasida aloqa o`rnatilishi zarur.Yani client serverga bog`lanadi va server client haqida malumotni ushlab turadi bu stateful connection deyiladi .TCP siz yuborayotgan malumotlar hajmini nazorat qiladi yani serverga qabul qila oladigan darajadan ko`p malumot yubormaydi bu Congestion control deyiladi.Yuqorida aytganimizdek TCP paketlarga o`zi ketma ketlikni aniqlab olish uchun malumot qo`shadi bu yordamida u yuborilgan malumotlar ketme-ketligini aniqlab oladi bu Ordered packets deyiladi. Masalan siz uzatgan malumotlar har xil tarmoqlar orqali boradi qaysidir Xitoy orqali ket bazilari Yevropa orqali o`tadi va ularni har xil vaqtda yetibborishiga olib keladi. Server bu orqali malumotlarni saralab kelmaganlari uchun qayta so`rov jo`natadi. Va buning natijasida packetlar kattalashdi (Larger packets) hamda ko`proq internet ishlatishga olib keladi (more bandwidth) .TCP packetlar yetiborganiniga ishonch hosil qilish uchun ular qayta uzatish hamda tarmoqdagi oqim oshganligi tufayli ko`p vaqt yo`qotadi va sekin ishlashni boshlaydi. TCP stateful connection bo`lganligi tufayli agar server o`chib qayta yonsa u qayta bog`lanishi zarur bo`ladi. Hamda serverda client malumotlari turganligi tufayli serverda xotira(memory) muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.
UDP
User Datagram Protocol (UDP) — bu tarmoq bo’ylab paketlarni tashish uchun ulanishsiz aloqa protokoli.
UDP ning kamchiliklari :
- No acknowledgment
- No guaranteed delivery
- Connectionless
- No congestion Control
- No order packets
- Security
UDP ning afzalliklari :
- Smaller packets
- Less bandwidth
- faster than tcp
- Stateless
UDP ham bizga malumotlarni uzatish uchun foydalanamiz ammo uning TCP dan biroz farqli jihatlari bor. UDP serverda ozi uchun connection saqlamaydi bu va stateless connection deyiladi.Bu degani agar server o`chib yonsa ham UDP client bu haqida sezmaydi . UDP sizdan malumotlarni qabul qilganligi haqida malumot bermaydi (no acknowledgment).U faqat siz uzatgan packet to`g`ri yoki noto`g`riligi haqida malumot berishi mumkin .Hamda sizni malumotlaringiz yetib borishi kafolatlanmaydi .U siz qanchalik ko`p malumot uzatsangiz ham serverga trafik ko`p yoki kamligini hisobga olmaydi. Malumotni olib uzataveradi. Packetlar bunda tartiblanmaydi ketma-ket uzataveriladi. UDP xavfsizlik katta muammo bo`ladi chunki server bilan aloqa ushlab turilmaganligi uchun server so`rov qayerdan kelayotganligini aniqlab ololmaydi.Sizda qaysidir port ochib bo`ladi va istalgan odam malumot uzatishi mumkin .Shuning uchun juda ko`p firewalllar boshlang`ich holatda UDP ni bloklaydi.UDP malumot yetib borgan bormaganligini tekshirmaganligi hamda tartiblamaganligi uchun packetlarga qo`shimcha malumot qo`shmaydi va buning yordami kichkina packetlarga ega bo`ladi. Va buning natijasida kamroq internet trafigi ishlatilinadi.Tcp dan tezroq chunki ular malumotni qayta uztishga yoki trafik ko`pligida sekinlashihslar yo`ligi uchun tezroq ishlaydi.
Xulosa
TCP ancha ishonchli protocol bo`lib sizni malumotlaringiz xavfsizligi hamda aniq yetib borishiga javob beradi.UDP esa siz sekin internet tezligi bilan ham ishlatish mumkin.UDP odatda onlayn video o`yinlarda ishalatilishi hamda teleuzatmalarda foydalanilishi mumkin.
E’tiboringiz uchun rahmat !!!
Inglizcha so`zlar va xato kamchiliklar uchun uzr so`rab qolaman.