Network yoki OSI model qismlari .

Habibov Ulug'bek
4 min readNov 2, 2024

--

Assalamu Alaykum bugun OSI model yoki bizning xabarlar qanday qismlardan o`tib kebelgacha borishini ko`rib chiqamiz.

Bu maqolani yaxshiroq tushunish uchun boshqa bir necha maqolani taklif qilaman :
1.Internet qanday ishlaydi ?

2.Biz qaysi IP addressni ishlatamiz ? (NAT)

3.TCP va UDP

Bu model OSI deb ataladi va open system interconnection model deb kengaytirish mumkin. Bu model 7 qismdan iborat va ularni birma bir ko`rib misollar orqali ko`rib chiqamiz.

  1. Application layer
  2. Presentation Layer
  3. Session Layer
  4. Transport Layer
  5. Network Layer
  6. Data link Layer
  7. Physical Layer

Qani buni so`rov berish misolida ko`ramiz , masalan , siz google.com deb yozdingiz va enter tugmasini bosdingiz .Bu GET requestga o`tkaziladi va https://google.com va bir nech ta headerlar bilan application layerda paydo bo`ladi .Application layerda bu bizga kelgan ma’lumotlarni Nodejs orqali qayta ishlash joyi (bizning http dasturlar) .Xo`sh davom etamiz agarda siz https protocoldan foydalanayotgan bo`lsangiz encryption layer 6 (presentation layer)da bo`ladi agarda ishlatilmagan bo`lsa layer 5 (session) ga shunday berib yuboriladi . Biz http protocol ishlatmoqdamiz va bu server o`rtasida bog`lanishga asoslangan shuning uchun buyerda tepadan kelgan ma’lumotga tag sifatida session id qo`shiladi ( bu bizga bir necha so`rovlar kelganda bu qaysi sessionga egaligini bilib olish uchun kerak) va layer 4 Transport layerga ma’lumotlar uzatiladi . U malumotlarni shunchaki bir to`da bitlar deb hisoblaydi.Agarda u malum hajmdan ko`p bo`lsa buni qismlarga bo`ladi va uni segment deb ataydi va har bir segmentga source port va destination port va yana bir necha narsalar qo`shadi .Bu yerda yana sequence number (tartib raqam) ham bo`ladi buni yordamida qabul qilgan server ma’lumotlar tartibini bilib oladi , yo`qolgan segmentlarni qayta so`ray olishi mumkin .Bu malumotlarni hammasini network layerga yuboradi (u portlar haqida hech narsani bilmaydi ) bu qismda segmentlar bir necha qismga bo`linadi va ular packetlar deyiladi network layer har bir packetga source ip adress and destination ip address qo`shib hech qanday xatoliklarga tekshirmagan holda data link layerga ma’lumotlarni o`tkazib yuboradi. Bu layer ham uni bir necha qismlarga bo`ladi va ularni frame deb ataydi va u har bir framega source MAC address va target MAC address qo`shadi(Agarda target uchun mac addressni bilmasa local networklar uchun ARP protocol orqali aniqlab oladi tashqaridagi komputerlar uchun oldingi maqolamda aytganimdek routerning mac addressini beradi va router uni forward qilib yuboradi ).Bu yerda biz mac addresslarnin bilishimiz kerak.Bundan so`ng u haqiqiy hayotga yani physical layerga yani kabellarga 0 va 1 lar bo`lib o`tadi . Bizda malumotlar bor ammo uni qayerga uzatishni bilmaymiz chunki u shunchaki elektr toki va unda yo`nalish mavjud emas. Bu mahalliy tarmoqda juda xavfli bo`lishi mumkin chunki bu ma’lumot tarmoqqa ulangan hammaga uzatiladi va u encryption qilinmagan bo`lsa hamma malumotlarinigiz kundek ravshan bo`ladi (Shuning uchun ovqatlanish va jamoat joylaridagi wifilarga ulanishda ehtiyot bo`ling) . Bu har xil ishlaydi agarda wifi shunchaki switch sifatida ishlatilingan bo`lsa u hamma ulanganlarga uzatadi agarda u internetga ulangan bo`lsa(so`rov tashqariga uzatilgan bo`lsa) aqlli holda faqatgina kerakli manzilga uzatilinadi. Local tarmoqda kompyuterlar framelarni qabul qilib , mac address orqali tekshirishadi agarda u bunga tegishli bo`lmasa shunchaki shu yo`nalish kelayotgan packetlarni etibor bermaydi . Ma’lumotni uzatishda davom etamiz. U siz xohlagan routergacha yetib bordi va data link layerga ko`tariladi tarmoqda mac address orqali kerakli manzil aniqlanib uzatiladi. Agarda bu so`rov mac address orqali bitmasa kelayotgan so`rov bo`lsa network layergacha ko`tariladi agarda NAT ishlatilingan bo`lsa transport layergacha chiqib portni ham aniqlaydi va map qilib kerakli kompyuterga uzatadi .Va u kerakli kompyuterda layerlar orqali tepaga ko`tarilib boradi 0 va 1 lar framega aylanadi framelar packetga , va packetlar segmentga aylanib oxirida layer 7 da bizga ko`rinadigan ma’lumotlarga aylanadi .Bu yerda portlar transport layer va application layerni bog`lab beradi .

OSI model

Hozirda menimcha bu qism 5 qismdan iborat 5 layer 4 layerga qo`shilgan 6 layer esa 7ga qo`shilgan holda . Ammo bazi bir kutubxonalar(ismi esimga kelmadi ) aynan layer 5 orqali ishlashini oqigandim .

Dastruchilarga oxirgi 4 layer kerakli bo`ladi qolgani , network engineerlar uchun muhim.

Bu yerda bir savol bo`lsihi mumkin nega biz ularni bo`lyapmiz nega birdaniga yubormayapmiz ishni ko`paytirmasdan deganda har bir frame uchun maximum size berilgan masalan bu Ethernet uchun 1518 bytes.

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak biz ishlatayotgan hozirgi internetga kelgancha ancha harakatlar bo`lgan, va hozir biz ko`p narsani shunchaki o`zicha qabul qilamiz ammo bularni ostidagi abstractionlarni o`zimiz uchun bilib olsak nega aynan bunday qilingani bilib olamiz va ishimizda bu ham kerakli bo`lishi mumkin .

Agarda maqola yoqqan bo`lsa chapak chaling (ko`p chalsayam bo`ladi 50 tagacha).

Yana shunday maqolalar o`qishni xohlasangiz follow tugmasini bosib qo`ying.

Xato va kamchiliklar uchun uzr !!!

linkedin.com => Ulug’bek Habibov | LinkedIn

telegram channel => @habibov_ulugbek

--

--

Habibov Ulug'bek
Habibov Ulug'bek

Written by Habibov Ulug'bek

Software Engineer | Backend Nodejs Developer

Responses (1)