Internet qanday ishlaydi yoki ma’lumot almashish qanchalik o`zgardi ?

Habibov Ulug'bek
5 min readOct 1, 2024

--

Assalamu Alaykum bugun ma’lumotalmashinuvi hozirgacha qanchalik o`zgargani va oxirgi texnologiya asridagi internet qanday ishlashi haqida bafurcha gaplashamiz.Unda qani boshladik.

Ma’lumot almashinuvi o`zgarishi

Ma’lumot almashinuvi yillar davomida juda o`zgarib ketdi .Avval boshida ma’lumotlar toshlarga yozilgan va uni yozish jarayoni qiyin va juda kam ma’lumot yozilgan undan so`ng loy taxtachalar va daraxt po`stloqlari , bularga yzoish oson ammo uzoq muddatga saqlab qolish qiyin bo`lgan , qog`oz yaratilgandan so`ng ma’lumot almashish ancha rivojlandi .Masalan boshqa davlatdagi odamlari fikrlari yetib kelishni boshladi ,muammo kitoblar juda qimmat va uni yozish xattotlar uchun juda ko`p vaqtni talab qilgan (Shuning uchun kitoblar juda qadrlangan). Shundan so`ng yozuv mashinasi va kitobni bosmadan chiqarish yo`lga qo`yilgan buning yordamida kitoblarni tez va keng ko`lamda ommaga taqdim qilingan .Undan so`ng biz bilgan internet davri boshlandi va unda siz xohlagan ma’lumotingizni bir necha soniyalarda osongina topishingiz mumkin (Til to`siqlari bo`lmasa albatta) . Endi bizda boshqa muammo bor ma’lumot ko`p ichidan keraklisini ajratib olish (Bular meni maqolalarim :)) . Bugun shu internet qanday rivojlangan va biz izlagan ma’lumotlar qanday qilib bizni oldimizga yetib kelishi haqida bafurcha gaplashamiz .

Internet qanday boshlandi ?

Internet bu alohida narsa emas bir biriga ulangan juda ko`plab kompyuterlar .U qanday boshlangan har doimgidek harbiylar tomonidan topilgan (ARPANET) keyin olimlar qo`liga o`tgan va sekin asta omma qo`liga. Xo`sh birinchi kompyuterlardan boshlaymiz (Yaratilishi emas ). Oldin kompyuterlar faqatgina kam sonli joylarda ya’ni katta universitetlarda sanoqli sonda bo`lgan bu payt ularning ko`pchiligi har xil sistemalarda bo`lib birida olingan ma’lumot ikkinchisida ishlatib bo`lmagan . Keyin ular birlashib bir xil tizimga kelishga harakat qilishgan hozirda bular Linux windows va macintosh. Bular operatsion sistemalar va biz o`qigan yozgan ishlatgan yoki yozgan kodlar ikkinchi kompyuterda xuddi shunday ishlashiga yordam beradi .Endi bizda bir xil tizim bor ular o`rtasida ma’lumot almashish kerak .Buni qanday qilamiz oldin bu ishlar disklar yordamida amalga oshirilgan bu vaqt talab qiladigan bo`lgan uni diskka yozish kerak , olib etib berish va boshqa odam kompyuterda solib ishlatishi kerak bu juda ko`p mehnat talab qiladi. Bu bizni qoniqtirmaydi va biz tarmoqlar yaratishni boshlaymiz. Bular oldin mahalliy keyin globallashib ketadi .

Tarmoqlardagi texnik jihatlar

Biz bir nasani boshqa kompyuterga uzatishimiz uchun uni topib ola oladigan alohida narsasi bo`lishi kerak bu mac address deyladi va hamma kompyuter uchun har xil bo`ladi (unique) .Mac address bu networking cardni unique addressi hisoblanadi (Oldin hamma kompyuterlarda ham networking card bo`lmagan buni o`zingiz qo`yishingiz kerak bo`lgan hozir hammasida o`zida chiqadi) .Mac address 64 bit va uni ko`rsatishda 16lik sanoq sistemasidan foydalaniladi .

Oddiy 2ta kompyuterdan bir biriga ma’lumot o`tkazish uchun nima kerak bitta switch va ularni shu switchga ulaydigan kabellar. 2 kompuyuterni kabel orqali switchga ulaymiz. va endi bemolol shu 2 kompyuter o`rtasida ma’lumot o`tkazish mumkin (switch shunchaki ma’lumot almashishga yordam beradi .

Malumot uzatish ushbu rasmdagidek bo`ladi

Source bu uzatayotgan kompyuter destionation bu borishi kerak bo`lgan komyuter mac adressi .Switch ma’lumotni uzatishni qayerdan biladi deyishingiz mumkin unga ulangan input kabelda qaysi mac adressdagi kompyuter borligini biladi va shu orqali ma’lumotni yo`naltiradi.

Undan keyingi daraja esa bu mahalliy yani bir binodagi hamma kompyuterni bog`lash .Bu uchun bizga routerlar kerak .Routerlar switchlar ustiga qurilgan (router sizga switch ham bo`lib bera oladi) ular IP address bilan ishlaydi . Tushuntirish uchun aytaman IP adress bu sizning uy manzilingiz bo`lishi mumkin (Toshkent Yunusobod Amir Temur ko`chasi 89 xonadon) va mac address esa bu o`sha uydagi sizni ismingiz (Ulug`bek) .

Ip adress haqida gaplashdik u qayerdan keladi bu bizga biz qo`ygan kompaniya routeri tomonidan beriladi . Tepada ko`rib turganingizdek boshlang`ich 3 raqam bir xil va qolganlari o`zgaradi. Hozir buni to`liq tushuntiraman sizning routeringizda public ya’ni internetga ulana oladigan IP adress bo`ladi va bu kompaniya tomonidan belgilangan va siz lagan qolgan narsalar router tomonidan local tarmoq uchun IP adress beriladi.

Buni real hayotda tushuntiraman siz wifiga ulangan holda youtubedan narsa ko`rmoqchisiz youtubega sizning privati yani router tomonidan berilgan IP adress emas routerning o`zini IP yani ochiq ip adress orqali boradi va youtube serverlaridan ma’lumotlar xuddi shu IP adressga ya’ni routeringizga keladi. Va router uni sizning local IP adressingiz orqali sizga yuborishni biladi va sizga uzatadi .(Bu chuqurlashmagan holat(NAT)da bu yerda boshqa jarayonlar ham bo`lishi mumkin).

Agarda shu bir necha local bino kabellari bir biriga ulansa birgalikda internetni tashkil qiladi .Ha internet xuddi shunday ishlaydi biz hozir katta kabellar gruhiga qo`shilganmiz buni ushbu rasmdan ko`rishingiz mumkin .

world cabel map

Agarda siz ip adress ishlatayotgan bo`lsangiz ma’lumotni qabul qilish uchun port ham kerka bo`ladi (buni keyingi ma’qolalarda tushuntirib o`taman).

Yangi qurilma qanday qilib internetga ulanadi ?

Yangi qurilma telefon yoki kompyuter oldingiz u internetga qanday ulanadi ? Bu kompyuterda ko`pincha Wifi routerga ulanish orqali telefonda esa sim karta qo`yish orqali bizni telefonimiz internetga ulanishni bilmaydi uni simkarta biladi . Unda bizda telefonga hech qanday kabelsiz internetga ulanamiz deyishingiz mumkin. Shoshmay turing bu qisman xato biz to`liq kabel orqali ulanmaymiz biz ularga kompaniya antenalar orqali ulanamiz antenalar to`lqinlar orqali telefonga bog`lanadi . Bizdagi antenalar kamaygani bizga to`lqin yaxshi yetib kelmayotganini bildiradi (shuning uchun ham qishloq joylarida internet yaxshi ishlamaydi yoki umuman :) .Va bu antenalar kompaniya orqali umumiy internetga ulangan bo`ladi .
Xuddi shu yerda qo`ng`iroq qanday amalga oshishini ham ko`rishingiz mumkin, Siz do`stingizga telefon qilmoqdasiz bunda sizning telefoningiz sizning kompaniyaning eng yaqinidagi antenasiga uzatadi va u sizning do`stingizga yaqin bo`lgan antenani qidaradi va topolmasa Xizmat doirasidan tashqarida deb javob qaytaradi , nega aynan chunki to`lqinlar shu shaklda harakatlanadi.

Fun fact: Kinolardagi o`g`rilarni ham telefon qilganda qaysi antennadan qilayotgani aniqlanadi va qidirish joyi anchagina qisqaradi .

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak internet sputnik orqali ishlaydi deb bizni toza aldashgan,

Agarda maqola yoqqan bo`lsa chapak chaling (ko`p chalsayam bo`ladi 50 tagacha).

Yana shunday maqolalar o`qishni xohlasangiz follow tugmasini bosib qo`ying.

Xato va kamchiliklar uchun uzr !!!

linkedin.com => Ulug’bek Habibov | LinkedIn

telegram channel => @habibov_ulugbek

--

--

Habibov Ulug'bek
Habibov Ulug'bek

Written by Habibov Ulug'bek

Software Engineer | Backend Nodejs Developer

No responses yet