Biz qaysi IP addressni ishlatamiz ? (NAT)
Assalamu Alaykum bugun bizga wifi qanday qilib Ip addresslar biriktirishi va nega bir wifidan chiqqan requestlarda bir xil ip address bo`lishini ko`rib o`tamiz.
Muammo boshlanishi
Boshidan boshlasak birinchi internet yaratilganda ularni aniqlab olish uchun IP addresslar ham yaratilgan bu IPv4 versiya deb nomlangan .U o`z ichiga 4,294,967,296 (Olimlar bunchalik kengayishini bilishmagan)IP addressni oladi (0.0.0.0 — 255.255.255.255) internet kengaygani sari bu kamlik qilib bordi va u hozirda yetmaydi .Buni oldini olish uchun 2 xil usuldan borildi 1 — kelajak uchun yechim bu IPv6 u hozirgidan ancha ko`p bo`ladi ,2-NAT birinchi yechim tayyor bo`lguncha bu muammoni oldini olish uchun chiqarilgan yechim .Hozir bu haqida to`liq gaplashamiz.
NAT
NAT haqida gaplashamiz nima u kengaytirilganda Network Address Translation ya’ni tarmoqdagi manzillarni tarjima qilish degani.U routerda(Wi-fi) ba’zi IP addresslarni boshqa IP addresslarga almashtirish maqsadida ishlatilinadi .Va bizga checklangan IPv4 bilan ularni tugatmasdan ishlatishga yordam beradi.
Hozirda bizda 2xil turdagi IP addresslar bor public va private .Public bu internetda ro`yxatdan o`tgan ya’ni bu address hammaga ko`rinadigan va so`rov uzata oladigan va bu siz internetni ishlatishingiz uchun kerak. Private bu internetda ro`yxatdan o`tmagan ,va uni tog`ridan to`g`ri internet uchun ishlatib bo`lmaydi , u odatda ichki tizimlarda (uyda yoki biznes) ishlatilinadi.
Ko`p holatlarda biz faqatgina telefon emas bir necha qurilmadan bir vaqtda internetga kirish uchun foydalanamiz. Va buning har biri uchun biz public IP address olishimiz kerak bu esa o`zi cheklangan IPlarni keraksiz ishlatishga olib keladi.Buni to`g`rilash uchun router unga ulangan har bir qurilmaga private Ip addresslarni belgilaydi (Bu wifidan uzilib qayta ulanganingizda o`zgarishi mumkin). Qachonki biz internetdan foydalanmoqchi bo`lsak router NAT orqali bizning private IP addressni o`zining public IP addressga almashtiradi .Kelajakda biz NAT yoki IPv4 kerak bo`lmaydi chunki bizda IPv6 da hamma qurilmani o`ziga public IP bera oladigan darajada ko`p IP bo`ladi .
Endi NATni turlari haqida gaplashamiz
NAT turlari
PAT (Overload)
Birinchi bo`lib PAT ya’ni Port Address Translation yoki ba’zilar Overload ham deb atashadi. BU jarayonda biz doim destionation va sourcega qaraymiz bunda Port juda muhim.Bu shunday bo`ladi private IP public IP bilan almashtiriladi va port ham biriltiriladi agarda port band bo`lsa undan keyingi ochiq port biriktiriladi va kompyuterlarni aniqlab olish uchun jadval yaratadi so`rov yuboriladi va javob qaytib kelganda bularni oldingi private IP va port bilan almashtirib va o`sha so`rov yuborgan kompyuterga aniq uzatadi .
Real hayotda bunga uymizdagi Wifi misol bo`la oladi.
Dynamic NAT
Dynamic NATda biz qo`lda yaratilgan bir necha public IP addreslarni (pool) ishlatamiz. Qachon so`rov kelsa source Ip addressni bir necha public Ip addresslardan qaysi biri bo`sh bo`lsa o`shani olib ishlatamiz faqatgina IP address. Javob yetib kelgandan so`ng public IP address poolga qaytib boradi va yana ishlatishga tayyor bo`ladi.
Buni real hayotda telefondan internetda ulanishda ko`rishingiz mumkin .
Static NAT
Static Natda siz o`zingiz yaratib routerga berishingiz kerak va u shundan foydalangan holda xuddi tepadagi ishlarni amalga oshiradi.
Note: Biz har doim ham NAT ishlatamizmi yoq biz ichki almashinuvda uni ishlatmaymiz (subnet) u faqat internet bilan ishlaganda kerak bo`ladi .
Odatda tepadagi ikki kompyuter shunchaki bog`lanishi bir biridagi ma’lumotlarni ko`rishi mumkin NATsiz chunki ular bir tarmoqda va bemalol ma’lumot almasha oladi .Jarayon bunday bo`ladi so`rov uzatilganda router uni o`z subnet (ichki tarmog`id)dan qidiradi topsa uzatadi va buyerda shunchaki switch vazifasini bajaradi.Agarda topolmasa kompyuter qayta so`rov uzatadi lekin destination mac address routerniki bilan , sabab destination IP o`zgartirolmaysiz u yoqilib qoladi .Buni router qabul qiladida demak bu request menga ekan deydi mac address borligi uchun ammo destination IP addressni ko`rgandan so`ng bu uni forward qilishi kerakligini tushunib so`rovni kerakli joyga uzatadi (o`zining IP addresi bilan) va javobni kompyuterga qaytaradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak biz bir necha kishi 1 IPdan foydalangan holda internetga kiramiz va yaqin orada infrastruktura o`zgarmasa IPv6 o`ta olmaymiz .
Agarda maqola yoqqan bo`lsa chapak chaling (ko`p chalsayam bo`ladi 50 tagacha).
Yana shunday maqolalar o`qishni xohlasangiz follow tugmasini bosib qo`ying.
Xato va kamchiliklar uchun uzr !!!
linkedin.com => Ulug’bek Habibov | LinkedIn
telegram channel => @habibov_ulugbek